Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini o‘rganish” mavzusidagi o‘quv seminar Yakkakurash sport turlari fakulteti talabalari bilan davom ettirildi.
Unda oliygohning Sport huquqi, ijtimoiy va tabiiy-ilmiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi Zoxid Xushvaqtov tomonidan asosiy Qonunimizning 65 % matni xalqimiz takliflari asosida o‘zgartirilganligi, bu esa jahon miqyosida – xalqchil Konstitutsiya deya e’tirof e’tilgani, shuningdek, unda barqaror iqtisodiyot, samarali boshqaruv, xavfsiz davlat va ijtimoiy kafolatlar singari muhim yo‘nalishlar o‘zining huquqiy asoslarini topganligi to‘g‘risida ham fikr-mulohazalar bildirildi.