#Hashar_2023
Bugun respublikamizning barcha hududlari bo‘ylab mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida “Obod va fayzli mahalla — yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq hayriya hashari bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ham erta tongdan boshlangan hasharda oliygoh jamoasi tomonidan universitet hududidagi mavjud daraxlatlar oqlanib, tagi yumshatildi, ariqlar ichi tozalandi.
Shuningdek, yangi nihol ko‘chatlari o‘tqazilib, oldingi ekilganlarining parvarishiga alohida e’tibor berildi. Eng ahamiyatlisi, mazkur umumxalq hashariga nafaqat ishchi va rahbar xodimlar, talabalar, balki professor-o‘qituvchilar ham o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shishdi.