2023-yil 5-7 fevral kunlari BAAda "Fujairah Open-2023" xalqaro taekvondo musobaqasi o‘tkazildi.
Turnirda 34 ta davlatdan tashrif buyurgan 405 nafar sportchilar g‘oliblik uchun o‘zaro bahs olib borishdi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, musobaqaning dastlabki kunidayoq kattalar toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
O‘zbekiston taekvondo terma jamoasi a’zolari esa o'z tarixida ilk bor 6 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza, jami 9 ta medalni jamg‘arib, musobaqa yetakchilariga aylandi.
Bu hali hammasi emas, sovrindorlar qatorida O‘zDJTSU Yakkakurash sport turlari fakulteti talabalari Feruza Sadikova – oltin, Najmiddin Qosimxo‘jaevlar – kumush medaliga sazovor bo‘lib, terma jamoamizning yuqori natijalarni qayd etishda o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shishdi!
Barchamizga sportchilarimizning ushbu g‘alabalari muborak bo‘lsin!