Ayni kunlarda, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 1-sonli Talabalar turar joyida tarbiyachi-pedagog A.Ganiyev, psixolog J.Ashirova, oliygoh profilaktika inspektori N.Agabekov va tyutorlar boshchiligida ta’tildan qaytgan talabalar bilan suhbat jarayonlari olib borilmoqda. Navbatdagi suhbat Sport o‘yinlari fakulteti talabalari bilan o'tkazildi.
Unda elektr energiyasidan to‘g‘ri foydalanish, sovuq ob-havo sharoitida ehtiyot choralarini ko‘rish hamda turar joydagi mavjud qoidalarga rioyа qilish kabi muhim masalalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Shundan so‘ng, universitet psixologi J.Ashirova va talabalar o'rtasida tanishuv jarayoni bo'lib, ular bilan turli psixologik suhbatlar olib borildi.