2026-yil 13-may kuni “Yangi O‘zbekiston talabalari Olimpiadasi” kompleks sport musobaqalarining 2-bosqichi doirasida Toshkent viloyati oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida yengil atletika bo‘yicha musobaqalar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida yuqori saviyada tashkil etildi.
💠Musobaqada Toshkent viloyatidagi 7 ta oliy ta’lim tashkiloti jamoalari tarkibida 70 nafardan ortiq iqtidorli va sportga qiziqishi yuqori bo‘lgan talaba-yoshlar ishtirok etdi. Ular yengil atletikaning 20 dan ortiq yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdilar.
✔️Mazkur sport tadbiri talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda talabalar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qildi.