2026-yil 12-may kuni “Yangi O‘zbekiston talabalari Olimpiadasi” kompleks sport musobaqalarining 2-bosqichi doirasida Toshkent viloyati oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida stol tennisi sport turi bo‘yicha musobaqalar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida yuqori saviyada tashkil etildi.
⏺Mazkur musobaqada Toshkent viloyatidan 8ta oliy ta’lim tashkilotlari jamoalari tarkibida iqtidorli va sportga qiziqishi yuqori bo‘lgan talaba-yoshlari ishtirok etib, o‘zaro kuch sinashdilar.
➡️Natijalar bilan tanishing:
🏓Yakkalik erkaklar o‘rtasida bahslarda:
🥇-oʻrin Chirchiq davlat pedagogika universiteti
🥈-oʻrin Angren universiteti
🥉-oʻrin "International school of finance technology and science" (ISFTS).
🏓Yakkalik ayollar oʻrtasida bahslarda:
🥇-oʻrin Chirchiq davlat pedagogika universiteti
🥈-oʻrin Tibbiyot akademiyasi Chirchiq filiali
🥉-oʻrin Belarus-O'zbekiston Tarmoqlararo amaliy texnik klavilifikatsiyalar Instituti
🏓Miks bahslarida
🥇-Chirchiq davlat pedagogika universiteti
🥈-Tibbiyot akademiyasi Chirchiq filiali
🥉-Angren universiteti
📱Mazkur musobaqa talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda talabalar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qildi.