O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Jangovar yakkakurash sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tashabbusi bilan “Jangovar yakkakurash sport turlarini rivojlantirishning dolzarb muammolari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
🗣️Anjumanning asosiy maqsadi mamlakatimizda jangovar yakkakurash sport turlarining bugungi holati va rivojlanish tendensiyalarini tahlil qilish, ilmiy-uslubiy ta’minotni takomillashtirish, zamonaviy sport tayyorgarligiga oid mavjud muammolarga yechim topish hamda sohaga oid mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashuvini yo‘lga qo‘yishdan iborat bo‘ldi.
🗣Tadbirda kafedra professor-o‘qituvchilari, sport sohasidagi yetakchi mutaxassislar, federatsiyalar vakillari hamda bir qator oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari ishtirok etib, yosh tadqiqotchilar bilan o‘z ilmiy tajribalarini, uslubiy qarashlarini va amaliy tavsiyalarini bo‘lishdilar.
➡️Anjumanda quyidagi yo‘nalishlarda fikr almashildi:
jangovar yakkakurash turlarining zamonaviy rivojlanish jarayonlari;
🔴sportchilarni tayyorlashning ilmiy-uslubiy asoslari;
🟣yosh sportchilar bilan ishlashning innovatsion yondashuvlari;
🔘sport mashg‘ulotlari jarayonida uchraydigan dolzarb muammolar va ularning yechimlari.
🟢Anjuman yakunida eng faol talabalar rag‘batlantirildi, eng yaxshi ilmiy taqdimotlar alohida e’tirof etildi. Kafedra tomonidan bunday ilmiy-amaliy uchrashuvlarni kelgusida ham muntazam davom ettirish rejalashtirilgan.
➡️Mazkur tadbir talaba-yoshlarning ilmiy madaniyatini rivojlantirish, sohada malakali mutaxassislar safini kengaytirish hamda akademik muhitni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.