🗣Butunjahon Jang San’atlari Ittifoqi (WoMAU) delegatsiyasining YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasidagi ishtiroki hamda joriy yilning 7-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga amalga oshirgan amaliy tashrifi Janubiy Koreyaning yetakchi ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.
1. https://www.sisamagazine.co.kr/news/articleView.html?idxno=520534
2. https://blog.naver.com/mooyepaper/224072753350
3. https://www.gukjenews.com/news/articleView.html?idxno=3425304
4. https://www.instagram.com/p/DQ8z8NOE62g/?utm_source=ig_web_button_share_sheet&igsh=ZDliejgwd2t5c2xx
✔️Koreyaning Gukjenews, Sisa Magazine, shuningdek, Naver Blog va Butunjahon Jang San’atlari Ittifoqi (WoMAU)ning Instagram platformalarida chop etilgan xabarlarda WoMAU Bosh kotibi An Jong-Whanning universitetga tashrifi, memorandum imzolash marosimi, shuningdek, O‘zDJTSU talabalari ishtirokidagi jang san’atlari festivali haqida batafsil ma’lumot berildi.
📱Xabarlarda WoMAU va O‘zDJTSU o‘rtasida sport sohasi, madaniy almashinuv va do‘stona hamkorlikni kengaytirish borasidagi qo‘shma tashabbuslar yuksak baholandi. Tomonlar 2026-yil avgust oyida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetda O‘zbekiston Sport vazirligi hamkorligida yirik xalqaro jang san’atlari festivali va ilmiy-amaliy konferensiyani o‘tkazish borasida muzokaralar olib borgani ta’kidlandi.
✍️Koreya OAVlarining mazkur e’tibori O‘zbekistonning sport diplomatiyasi va xalqaro hamkorlikdagi o‘rni tobora mustahkamlanib borayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.