♾Joriy yilning 2-noyabr sanasida Markaziy Osiyo yurish va yugurish akademiyasi, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi hamda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport univeristeti hamkorligida Xiva shahrida Silk Road Xiva xalqaro yugurish musobaqasi tashkil etildi. 
➡️Eʼtiborlisi, mazkur xalqaro musobaqani yuqori saviyada o‘tishida universitetning Yengil atletika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari tashkilotchi hamda hakamlik vazifalarida faol ishtirok etdilar. 
🗣Shuningdek, kafedra ustozlari va talabalari Xiva shahrining diqqatga sazovor joylari, tarixiy maskanlar va qadamjolarga sayohat uyushtirdilar.