Sun’iy intellekt sport ta’limida yangi bosqichga chiqmoqda!
🗓Joriy yilning 29-oktabr kuni Sun’iy intellekt texnologiyalarini sport ta’limiga keng joriy qilish yuzasidan Garvard universitetining sun’iy intellekt bo‘yicha yetakchi olimlari bilan maslahatlashuv bo‘lib o‘tdi.
🗣Ma’lumki, 21-oktabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida sun’iy intellektni barcha sohalarga jadal tatbiq etish yuzasidan muhim topshiriqlar berilgan edi.
✅ Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Garvard universitetining sun’iy intellekt bo‘yicha yetakchi olimlari ishtirokida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti olimlari o‘rtasida sun’iy intellekt yo‘nalishida Amerika tajribasini o‘rganishga qaratilgan uchrashuv o‘tkazildi.
📌 Uchrashuv davomida sport ilmiga zamonaviy AI texnologiyalarini joriy etishning innovatsion yo‘nalishlari, Amerika tajribasini o‘rganish va qo‘llash masalalari muhokama qilindi.