🟢 Kuz-qish mavsumi oldidan talaba-qizlarning xavfsizligi hamda yashash sharoitlarini o‘rganish maqsadida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Dilnoza Ismailova tomonidan ijara uylarda istiqomat qilayotgan talaba-qizlarning yashash sharoitlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🗣O‘rganish davomida talaba-qizlarga yashash sharoitlarini yanada yaxshilash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, elektr jihozlari va tabiiy gazdan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etish, muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lmagan hamda qo‘lbola uskunalardan foydalanmaslik zarurligi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
✔️Ushbu o‘rganish jarayonida ijaraga bergan xonadon egasi bilan ham suhbat o‘tkazilib, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, xavfsizlik talablari hamda tartib-intizom masalalari muhokama qilindi.