🎓O'zDJTSUda “Iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb qilish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
➡️Seminarda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Shukurjon Gaziyev, hamda bo‘lim boshliqlar Xushnud Atamuratov va Murod Ibragimovlar talabalarning ilmiy faoliyatini rivojlantirish, ularni startap loyihalar va ilmiy izlanishlarga jalb etish masalalarida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Ushbu seminar-treningda 100 dan ortiq talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
✅ Tadbir davomida iqtidorli yoshlarning liderlik, jamoaviy ishlash hamda innovatsion fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan tavsiyalar berildi.
✔️Ushbu seminar-trening talabalarning ilmiy faolligini oshirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.