🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi
50-son bayoniga muvofiq joriy yilning 23-oktyabr kuni “HoReCa Expo Uzbekistan 2025” xalqaro ko‘rgazmasi doirasida O‘zekspomarkazning 3-pavilyonida O‘zbekiston Mehmonxonalar uyushmasi tomonidan “Vakansiyalar yarmarkasi”ni o‘tkazildi.
Bu yarmarkada "Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish" kafedrasining 4-bosqich Turizm yo'nalishi talabalari ham ishtirok etishdi. U yerda talabalar turli nufuzli mehmonhonalar HR-menejerlari bilan u yerdagi bosh ish o'rinlari va sharoitlar haqida suxbatlashishdi. Bundan tashqari, mexmonhonalarni talab darajasiga keltirish uchun turli hona mebellari, texnika va boshqa jihozlar ishlab chiqaruvchi korhona hizmatlari bilan ham tanishishdi.
Qo'shimcha ravishda, turli mexmonhonalar bilan Univeresitetimiz o'rtasida amaliyot o'tash va ish tajribasini oshirish maqsadida memorandumlar imzolash mumkinligi haqida bilib olishdi. Talabalar ushbu tashrifdan o'zlari uchun yuqori bilim va tajribalar olishdi.