Tozalik bor joyda qut baraka bo‘ladi!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan e’lon qilingan “Tozalik va ozodalik oyligi” doirasida Universitetning Jangovar yakkakurash sport turlari nazariyasi va uslubiyati, Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasi hamda Voleybol basketbol nazariyasi va uslubiyati talabalari o‘zlariga biriktirilgan hududda hashar tadbirini tashkil etdilar. Tadbir davomida talabalar universitet atrofidagi yashil hududlarni tozalash, daraxt va gul ko‘chatlarini parvarishlash, chiqindilarni yig‘ishtirish ishlarini amalga oshirdilar. Ushbu ezgu tashabbus nafaqat hududni obodonlashtirish, balki talabalar orasida ekologik madaniyatni yuksaltirish va tozalikni saqlash mas’uliyatini oshirishga xizmat qildi.