🏆O‘zDJTSUda "Ma'rifat ulashib" loyihasi ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi!
✔️“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida yoshlarni kitob o‘qishga jalb etish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida amalga oshirilayotgan tadbirlar respublika bo‘yicha keng ko‘lamda davom etmoqda.
✅Mazkur tashabbus, Prezidentimiz ilgari surgan “Jaholatga qarshi – ma’rifat” tamoyilini amalda ifoda etadi va yosh avlodni ma’rifatli hamda vatanparvar qilib tarbiyalashga xizmat qiladi.
📚Bugun, 22-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida talaba-yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish maqsadida tashkil etilgan “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, elimiz suygan shoirlar Abdunabi Boyqo‘ziyev, Habib Abdunazar hamda Shoxsanam Nishonova ishtirokida ijodiy uchrashuv tashkil qilindi.
✅Universitetning Yoshlar masalalari va madaniy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Sherzod Mirzanovning kirish so‘zi bilan boshlangan tadbir davomida talabalar shoirlarning hayot va ijod yo‘li haqida keng ma’lumotlarga ega bo‘lib, sevimli ijodkorlarimizning turli mavzularga bag‘ishlangan she’riy namunalaridan bahramand bo‘lishdi. Loyiha doirasida adiblar universitet axborot-resurs markazi faoliyati, Shon-sharaf muzeyi, talabalar turar joylari faoliayti, talabalar yashash sharoiti bilan tanishib, yoshlar bilan ochiq va samimiy suhbatlar olib borishdi.