🏆Joriy yilning 19-20-oktabr kunlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Gandbol, regbi, chim ustida xokkey nazariyasi va uslubiyati kafedrasi hamda universitet sport klubi bilan hamkorlikda sportning Gandbol turi bo‘yicha "Rektor" kubogi o‘tkazildi.
➡️Maqsad o‘quvchi yoshlarning bo‘sh vaqtini ma'zmunli o‘tkazish, gandbol sport turiga talabalarni qiziqtirish va yetishayotgan kadrlarning ushbu sportda malakalarini oshirishga qaratilgan.
✔️Musobaqa shiddatli, bahs-munozaralarga boy qizg'in va murasasiz o‘tdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra jamoalar quyidagi o‘rinlarni egalladilar.
🥇 – o’rin Chirchiq davlat pedagogika universitetining “Pedagog” jamoasi;
🥈- o’rin Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talabalari;
🥉 – o’rin Jangavor yakkakurash sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talabalari
Uchrashuvlar davomida sportchi - talabalar o‘z mahoratlarini namoyon etishdi. Ta'kidlab o‘tish joizki o‘yinlarni respublika toifasidagi malakali hakamlar boshqarib borishdi.