Tozalik va ozodalik oyligida faol ishtirok eting!
🗣O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2025-yil 15-oktabr sanasidan e’lon qilingan umumxalq “Tozalik va ozodalik oyligi” doirasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jamoasi va talabalari tomonidan universitet va unga tutash hududlarda bir qator ko‘kalamzorlashtirish, hashar va obodonchilik tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.
✅Ana shunday tadbirlardan biri 2025-yil 21-oktabr kuni bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu ozodalik va ko‘kalamzorlashtirish tadbirida professor-o‘qituvchilar va talabalar tomonidan universitet va uning atrofidagi yashil hududlarni tozalash, kishiga estetik zavq bag‘ishlovchi turfa hil anvoyi gul ko‘chatlarini o‘tqazish, daraxt ko‘chatlarini parvarishlash, maishiy, plastik va shisha idishlar, qog'oz chiqindilarni yig‘ishtirish ishlarini amalga oshirdilar.
🔺Mazkur tashabbusdan maqsad – Bu faqat bir kunlik yoki mavsumiy tashabbus emas, balki ekologik madaniyatni yuksaltirish, sog‘lom va yashil muhitni barpo etishga yo‘naltirilgan uzoq muddatli ma’naviy harakat bo‘lishi bilan birga, atrof-muhitni asrashga bo'lgan jamoaviy mas’uliyatni oshirish, fuqarolarning Konstitutsiyaviy majburiyatlarini anglashiga va ekologik huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, ozodalik talablariga rioya etishga xizmat qiladi.
📌O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jamoasi bu kabi ezgu tashabbuslarni doimiy davom ettiradi va barcha yurtdoshlarimizni tabiatni asrash va tozalikni hayot tarziga aylantirish yo‘lida faol bo‘lishga chaqiradi.
🔘Atrof muhitni asrashda birlashaylik, Zero, Tabiatni asrash – insoniyatni asrash demakdir.