✅Ustozlarga hurmat ko‘rsatildi
➡️1-oktabr - "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
🟢Tadbirda filial direktori, professor B.Erimbetov so‘zga chiqib, yosh avlodning ma’naviy dunyosi boy, yuksak intellektual salohiyatga ega, komil insonlar bo‘lib kamol topishida sidqidildan mehnat qilayotgan fidoyi kasb egalari bo‘lgan o‘qituvchi va murabbiylarning fidokorona mehnatlarini yuqori baholab, ularni bayram bilan samimiy tabrikladi.