💠30-sentyabr kuni Taekvondo va qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talabalari uchun universitet profilaktika noziri Ruslan Norboyev ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda talaba-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va turli huquqbuzarliklarning oldini olish, ijtimoiy hayotda muomala madaniyatiga e’tibor qaratish hamda jamiyatda yurish-turish qoidalariga rioya qilish masalalari muhokama qilindi.
⭐️Shuningdek, taqiqlangan saytlar haqida ma’lumotlar berilib, talabalar huquqiy bilimlar bilan boyitildi. Ushbu profilaktik tadbirlar davomiy tarzda olib borilishi belgilandi.