Oliy taʼlimda islohotlarni amalga oshirish boʻyicha vazifalar belgilab olindi
10-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari Hilola Umarova Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida yigʻilish oʻtkazdi.
Yigʻilishda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, vazirlik masʼul xodimlari, oliy taʼlim muassasalari rektorlari va tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar.
Tadbirda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida kecha boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlarni samarali bajarish masalasi muhokama qilindi.