👩🎓Universitet talabalarining pedagogik va bitiruv oldi amaliyotlari boshlandi
🗣2025-yil 9-sentabr sanasidan 4-bosqich talabalari uchun bitiruv oldi amaliyoti boshlandi.
💬Xabaringiz bor, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida nazariya va amaliyot uyg‘unligini yo‘lga qo‘yish va yurtboshimizning “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, bitiruvchi kurs talabalari uchun amaliyot o‘tash tartibiga bir qator yangiliklar kiritilgan bo‘lib, unga ko‘ra, talabalar 2025 – 2026 o‘quv yilida amaliyotni o‘zlari istiqomat qiladigan mahallalarda o‘tashlari belgilangan.
✅Ayni vaqtda bitiruvchi kurs talabalariga O'quv uslubiy boshqarma boshlig'i L. Xolmurodov va Talabalar amaliyoti va bandligini ta'minlash bo‘limi mas'ullari tomonidan amaliyotni o‘tash bo‘yicha ko‘rsatmalar berilib, o‘zlari istiqomat qilayotgan hududlarda bitiruv oldi amaliyotini o‘tash uchun jo‘nab ketishdi.