📍 Joriy yilning 1-11 avgust kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo'yicha U19 va U22 yoshli o'g'il qizlar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tdi.
💬 Mazkur musobaqada O'zbekiston terma jamoasi sportchilari ham ishtirok etishdi.
🏆O'zbek sporti uchun yana bir quvonch olib kelgan ushbu musobaqada U19 yosh toifasida bokschilarimiz jami 7 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashdi. U22 yosh toifasidagi sportchilarimiz ham jami 8 ta oltin, 6 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan reyting peshqadamligiga ega chiqishdi.
🟡 Sportchilarimizni I.Karimov nomidagi xalqaro aerportda Sport vaziri o'rinbosari Sh.Maxmudov, Sport vaziri maslahatchisi Sh.Momindjanov, O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov kutib oldi.
🫥 Mas'ullar ushbu yorqin g'alaba bilan barchani tabriklab, o'zbek boksi tarixida yana bir sahifa ochilganligini ma'lum qilishdi. Shu bilan birga yosh sportchilarga kelgusidagi faoliyatlari va musobaqalarda omad tilashdi.