✅Unga ko‘ra, Ramazon hayitining birinchi kuni 10-aprel – chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilinib, mamlakatimizda 2024-yil 10-aprel kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlash belgilab qo‘yildi.
✅O‘zbekistonliklar Ramazon hayiti munosabati bilan ketma-ket 3 kun dam oladi:
✔️10-aprel, chorshanba – Ramazon hayiti kuni;
✔️11-aprel, payshanba – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
✔️12-aprel, juma – 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga 13-aprel, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni;
✔️13-aprel, shanba – barcha uchun ish kuni;
✔️14-aprel, yakshanba – dam olish kuni.
✅Qo‘shimcha dam olish kunlari 2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi prezident farmonida belgilangan.