#davra_suhbati
#stop_korrupsiya
Bugun, 18 yanvar kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Yakkakurash sport turlari fakulteti tashabbusi bilan “Korrupsiyasiz jamiyatni birga quramiz” mavzusida davra suhbati o‘tkaziladi.
Unda fakultet dekani V.Anashov, Chirchiq Shahar prokror yordamchisi B.To‘lqinov, universitet Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i S.Risboyev, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Davra suhbati davomida so‘zga chiqqanlar korrupsiya – mamalakatning har bir soha rivoji yo‘lida ulkan to‘siq ekanligi, korrupsion holatlarning oqibati hamda ularga nisbatan qo‘llaniladigan jazo choralari haqida qimmatli ma’lumotlar berishdi. Shuningdek, bunday illatning afsuski, ta’lim sohasida ham hamon uchrab turayotgani achinarli holat sifatida qayd etilib, bunga qarshi barcha birdek kurashmoq zarurligi ta’kidlandi.