Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Paralimpiya fakulteti tomonidan 3-dekabr – Xalqaro nogironlarni himoya qilish kuni munosabati bilan ezgu maqsadlarni ko‘zlagan holda oliygohning jismoniy imkoniyati cheklangan talabalari uchun “Chegarasiz hayot” nomli badiiy-musiqiy tadbir tashkil etildi.
Unda universitet rektori, professor M.Boltabayev, rahbar xodimlar, fakultet dekani va kafedra mudirlari hamda professor o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Tadbirni dastlab, universitet rektori, professor M.Boltabayev o‘zining samimiy fikrlari bilan ochib berdi. Shundan so‘ng, Adaptiv jismoniy tarbiya va sport kafedrasining namunali xulqi, odob-axloqi bilan ajralib turuvchi, qolaversa sportda hamda ma’niy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib kelgan bir qator talabalariga universitet rahbariyati tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, tadbirdagi bayramona dasturxon va iqtidorli talabalar ishtirokidagi badiiy chiqishlar esa barchaga birdek quvonch ulashdi.