KAFEDRA TARIXI
1957-yilda “Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati” kafedrasiga asos solindi. Uning dastlabki mudiri E.F.Ishchenko edi. Kafedra faoliyat yuritgan davrlar mobaynida unga yetakchi pedagog-olimlardan p.f.n., dotsent K.F.Bakuniene, p.f.n., dotsent I.M.Kolotilova, p.f.n., dotsent K.M.Mahkamjonov, p.f.n., professor R.S.Salomov, b.f.n., professor Yu.M.Yunusova, p.f.n., dotsent R.M.Matkarimov, p.f.d., professor F.A.Kerimov, p.f.n. O.V.Goncharovalar rahbarlik qilgan. 2016-yil noyabr oyidan kafedrani p.f.d. (DSc), professor D.X.Umarov boshqarib kelmoqda.
1960 yildan boshlab, “Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi mustaqil kafedra sifatida faoliyat yurita boshlagan. 1967-yilda uning tarkibi N.Zisman, L.Polyakova, B.Roytburg singari tajribali oʻqituvchilar bilan toʻldirildi. Kafedraga 1960-yildan 1967-yilga qadar boshchilik qilgan p.f.n. K.Bakuniene uning shakllanishi va rivojiga katta hissa qoʻshdi. Ilk bor “Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati” fanidan ma’ruzalar oʻzbek tilida oʻqitila boshladi. Turli yillarda kafedraga pedagogika fanlari nomzodi, dotsent M.Godik (1967-1969), biologiya fanlari nomzodi, dotsent
Yu.Yunusova (1972-1984) rahbarlik qilgan. Bu davr mobaynida kafedra rivojlanib, katta yutuqlarga erishdi. Kafedrada p.f.d., professor R.S.Salomov, b.f.n., professor T.T.Yunusov, b.f.n., professor Yu.M.Yunusova kabi yetakchi soha mutaxassislari, shuningdek, yuqori malakali pedagoglar – S.R.Daurenova, E.Yu.Daurenov, M.A.Mirodilov, L.Polyakova, E.Tarasova, Sh.X.Isroilov, N.M.Atamuxamedovalar faoliyat koʻrsatdilar.
Soʻnggi yillarda bakalavr mutaxassisligida “Maktabgacha va boshlangʻich ta’limda jismoniy tarbiya va sport” yoʻnalishi tashkil etilganligi sababli talabalar soni birmuncha oshdi hamda jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-oʻqituvchilari tarkibi ham boyidi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PF-5368-son “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti negizida, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tashkil etildi, hamda “Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi nomi “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi deb oʻzgartirildi. Kafedrada oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlar toʻgʻri yoʻlga qoʻyilganligi sababli bir qator yutuqlarga erishib kelinmoqda. Jumladan, kafedra tomonidan muntazam ravishda “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va amaliyoti” fanidan respublika talabalar fan olimpiadasi tashkil etilib kelinadi.
2017-yilda kafedra katta oʻqituvchisi M.Mirjamolov, 2020-yilda kafedra katta oʻqituvchilari L.Xolmurodov, M.Tojiyev, oʻqituvchi M.Nuriddinova, 2022-yilda kafedra katta oʻqituvchilari G.Salixova, E.Raxmanov, 2023-yilda kafedra oʻqituvchisi X.Kenjayevalar dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilib, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldilar. 2022-yilda kafedra mudiri professor D.X.Umarov, 2023-yilda kafedra professori D.Raxmatovalar dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilib pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini oldilar.
Shuningdek, 2017-yilda kafedra katta oʻqituvchisi E.Raxmanov Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oʻtkazilgan “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi respublika bosqichining “Xizmat koʻrsatish sohasi” ta’lim sohasi boʻyicha 2017-yilning “Mutaxassislik boʻyicha eng yaxshi pedagog” nominatsiyasi gʻolibi boʻldi.
Kafedra professori, p.f.d. F.A.Kerimov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi farmoniga binoan “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi.Kafedra dotsenti E.T.Raxmanov 2020-yil Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan ta’sis etilgan “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” koʻkrak nishoni, 2021-yilda “Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” estalik nishoni hamda 2022-yilda “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi” estalik nishoni bilan taqdirlangan.
Kafedra professori v.b., p.f.b.f.d. (PhD) E.T.Raxmanov 2024-yil 18-apreldan Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti “Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor” lavozimiga tayinlandi. Kafedra professori, p.f.d. F.A.Kerimov, dotsent v.b. N.M.Atamuxammedovalar Oʻzbekiston sport tashkilotlari faxriylari kengashining 2024-yil 30-apreldagi 4-sonli buyrugʻiga asosan “Oʻzbekiston sport faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Bugungi kunda bakalavrlarga kafedrada quyidagi fanlar bo`yicha ma`ruza va seminar mashg`ulotlar olib borilmoqda:
Bugungi kunda magistrlarga kafedrada quyidagi fanlar bo`yicha ma`ruza va amaliy mashg`ulotlar olib borilmoqda: