KAFEDRA FAOLIYATI HAQIDA MA'LUMOT
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining “Qishki sport turlari nazariyasi va uslubiyati” va “Murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati” kafedralari Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar salohiyatini oshirish hamda ilmiy faoliyatni rivojlantirish boʻyicha Kuzatuv Kengashinining 2024-yil 1-avgustdagi 2-sonli yigʻilish bayoni va Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektorining 2024-yil “22”-iyul 292-I/CH-sonli buyrugʻi asosida kafedralar birlashtirilib, uning negizida “Qishki va murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi tashkil etildi. Kafedra mudiri etib pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor S.R.Davletmuratov tayinlandi.
Qishki va murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasida sport faoliyati (xokkey, tog‘chang‘isi, velosport, figurali uchish, triatlon, biatlon, kamondan otish va snoubord, o‘q otish va stenddan otish) jami 9 ta taʼlim yoʼnalishi boʼyicha mutaxassis kadrlarni tayyorlash belgilangan.
2025/2026 oʼquv yilidan mazkur kafedrada 31,5 shtat birligi berilgan va 36 nafar professor-oʼqituvchi oʼz faoliyatini boshlashgan. Kafedradagi professor-oʼqituvchilarning 4 nafari Oʼzbekiston Respublikasida sport turi boʻyicha sport ustasi, 7 nafari milliy toifadagi hakam hisoblanadi. Undan 1 nafari Paralimpiyada o’yinlari ishtirokchisi (Parij 2024).
Kafedrada o‘qituvchilar Rashidov Baxtiyor, Inakov Baxtiyor, Karimov Shukrulla "O‘zbekiston Respublikasi sport faxriysi" unvoni bilan taqdirlandilar.
Аyni paytda kafedradagi yoʼnalishlar boʼyicha 500 ziyod talaba tahsil olmoqda. Ulardan
10 nafar xalqaro toifadagi sport ustasi, 19 nafar sport ustasi, 45 nafarga yaqin sport ustaligiga nomzod sportchilar taʼlim olmoqda.Taʼkidlash joizki, Oliy o‘quv yurtida yoshlarga oid davlat siyosati izchil hayotga tatbiq etilgan. Prezidentimizning besh muhim tashabbusi doirasida Universitetimiz ko‘magi bilan tashkil etilgan “Kitobxonlik”, “Аxborot texnologiyalari” va barcha sport turlaridan to‘garaklar talabalarning bilim darajasi va umumiy dunyoqarashini o‘stirishga, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda, ular orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga xizmat qilmoqda.
Kafedrada akademik mobil almashinuv Belarus davlat jismoniy tarbiya universiteti, P.F.Lesgaft nomidagi Sankt-Peterburg milliy davlat jismoniy tarbiya, sport va salomatlik universiteti va Belarus milliy texnika universiteti kabi universitetlar bilan o‘tkaziladi. Har o‘quv yilida kafedra tomonidan 1 ta xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.
Kafedra dual ta’lim doirasida qishki va murakkab-texnik sport turlari bo‘yicha Respublika velosport mahorati maktab-internati, Xokkey federatsiyasi, Tog‘ chang‘i federatsiyasi, Qishki sport turlari assotsiatsiyasi, Toshkent viloyati "Vatanparvar" tashkiloti bilan hamkorlik qiladi. Shuningdek, O‘zbekiston xokkey federatsiyasi hamda Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi bilan hamkorlik qilish rejalashtirilgan.

PROFESSOR O`QITUVCHILAR TARKIBI

Professor, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Phd)
Kafedra mudiri: Davletmuratov Sultanbek Ruzimovich
E-mail: dsr-19@mail.ru

Kafedra professori, pedagogika fanlari nomzodi
Chernikova Yelena Nikolayevna

Kafedra dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Phd)
Karimov Аbduxamid Аbdumannabovich.
E-mail: Max-6996@mail.ru

Kafedra dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Phd)
Fedorova Svetlana Vyacheslavovna
E-mail: svetlanafed18041979@gmail.com

Kafedra dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Phd)
Xolmuratov Obidjon Yuldoshovich
E-mail: Talaba_2010@mail.ru

Kafedra dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Phd)
Xojiyev Shohruh Saidjappar o‘g‘li
E-mail: ibnsaidjappar91@gmail.com

Kafedra dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Phd)
Jo‘rayev Ibrohim Boxodir o‘g‘li
E-mail: lemex777@gmail.com

Kafedra katta o‘qituvchisi
Rashidov Boxtiyor Po‘latovich
E-mail: b.rashidov@jtsu.uz

Kafedra katta o‘qituvchisi
Txufatullina Irina Nikolayevna
E-mail: Iratuhfatullina.45@mail.ru

Kafedra dotsenti, professor
Umarov Sarvar Mirzaxitovich
E-mail: 057sarvar@gmail.com

Kafedra dotsenti, professor
Memetov Rustem Useinovich
E-mail: rustemmemetov5058@gmail.com

Kafedra katta o‘qituvchisi
Suleymanova Sabina Faridovna
E-mail: suleymanovasabina1990@gmail.com

Kafedra katta o‘qituvchisi
Inakov Baxtiyor Tuxliyevich
E-mail: baxtiyarinakov4660@gmail.com

Kafedra katta o‘qituvchisi
Redjepov Jasur Kuatovich

Kafedra katta o‘qituvchisi
Tilavov Shaxboz Sidikul o‘g'li
KAFEDRA ADABIYOTLARI

