KAFEDRA TARIXI
“Milliy va xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi 1956 yilda shu davrdagi O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport Qo‘mitasi tashabbusi bilan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti tarkibida ochilgan. Kafedra turli yillarda “Milliy va xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi deb ham nomlangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 oktabrdagi PQ-3306-sonli “Kurash” milliy sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori, 2018 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5368-sonli Farmoni hamda bu sohaga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti nizomidan kelib chiqgan holda mazkur kafedrani ikkiga yani “Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati” hamda “Milliy sport turlari, o‘yinlari nazariyasi va uslubiyati” kafedralariga bo‘lindi.
“Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati” kafedrasida dastlab 2018-2019 o‘quv yili boshidan dostent N.A.Tastanov kafedra mudiri vazifasini bajarib kelgan. 2019 yil may oyidan boshlab Tangriev Alisher Jumanazarovich tanlovdan o‘tib 5 yil muddatga “Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi mudirligiga tayinlangan. 2020 yil may oyidan boshlab Arslonov Shuxrat Arslon o‘g‘li tanlovdan o‘tib 5 yil muddatga “Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati” kafedrasini boshqarib kelmoqda. Bugungi kunda bakalavrlarga kafedrada kunduzgi, sirtqi va maxsus sirtqi ta’lim yo‘nalishlarida quyidagi (Sport pedagogik mahoratini oshirish dzyudo, sambo yunon-run kurashi va erkin kurash turlari bo‘yicha; Dzyudo nazariyasi va uslubiyati, Sambo nazariyasi va uslubiyati, Yunon-rum kurashi nazariyasi va uslubiyati, Erkin kurash nazariyasi va uslubiyati) fanlar bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda:
Bugungi kunda bakalavrlarga kafedrada kunduzgi, sirtqi va maxsus sirtqi ta’lim yo‘nalishlarida quyidagi (Sport pedagogik mahoratini oshirish dzyudo, sambo yunon-run kurashi va erkin kurash turlari bo‘yicha; Dzyudo nazariyasi va uslubiyati, Sambo nazariyasi va uslubiyati, Yunon-rum kurashi nazariyasi va uslubiyati, Erkin kurash nazariyasi va uslubiyati) fanlar bo`yicha ma`ruza va amaliy mashg`ulotlar olib borilmoqda:
Bugungi kunda magistrlarga kafedrada quyidagi fan bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda:
Bugungi kunga qadar kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 15 ta darslik va o‘quv qo‘llanmalar, 100 dan ziyod uslubiy qo‘llanma va tavsiyanomalar hamda 600 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop etilgan. Kafedra professor-o‘qituvchilarining tayanch ma’lumoti, ilmiy daraja, ilmiy unvon va ixtisosliklari kafedra ixtisosiga mos keladi. Kafedrada 28 shtat birligi mavjud bo‘lib, ulardan: kafedra mudiri, 1 nafar pedagogika fanlari doktori, 2 nafar pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 3 nafar professor, 4 nafar dostent, 5 nafar katta o‘qituvchilar, asosiy shtatda 11 nafar, 0,5 st 8 nafar va 0,25st 1 nafar o‘qituvchilar faoliyat olib borishmoqda.
Kafedrada O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy, professor Ilov A.N., pedagogika fanlari doktori Shiyan V.V., professor Tastanov N.A., pedagogika fanlari doktori Dadaboev O.B., pedagogika fanlari nomzodi Aliev I.B., pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktorlari (PhD) Adilov S.Q., Tangriev A.J., Gaziev Sh.Sh., Tashnazarov D.Yu., dostentlar Arslonov Sh.A., Bayturaev E.I., katta o‘qituvchilar: Xolmatov A.I., Odilov B.B., o‘qituvchilar: Rajapov M.A., Lyulina Ye.S., Ozdaeva V.R., Alimov U.A., Qubitdinov J.A., Jumaqulov A.B., Berdiev F.O., Sadullaev F.A., Kurganov O.N., Qodirov S.E., Abdikulov J.N., Tangriev A.T., Djumanov B.M., Anarbaev T.R., Adilov K.E., Bliznesova E.V., Usmonova I.Z., Taymuradov Sh.O., Anarbaev M.A., faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Kafedra mustaqil davlatlar hamdo‘stligi jismoniy tarbiya institutlari va akademiyalari, turdosh kafedralari bilan doimiy hamkorlik qilib keladi. Kelajakda kafedrada ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish maqsadida ilmiy-tibbiy uskunalar bilan jihozlangan ilmiy-tadqiqot labaratoriyasini yaratish rejasi mavjud. Kafedrada 1990-yilda «Sport faoliyati» yunon-rum kurashi, erkin kurash, dzyudo va sambo ixtisosliklari ochilgan bo‘lib, faoliyat bo‘yicha 200 nafardan ziyod oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlangan. Hozirgi kunda ular respublikamiz hududlarida va xorijda muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqdalar.
PROFESSOR-O`QITUVCHILAR TOMONIDAN NASHR ETILGAN АDABIYOTLAR
KAFEDRANING HAMKORLIK ALOQALARI
KAFEDRA XODIMLARI MA’LUMOTLARI
|
|
Dadaboyev Odiljon Jaloliddinovich pedagogika fanlari doktori (DSc) Telefon:+998977035076 Email: odil@uzdjtsu.uz |
Bayturayev Erlan Isakovich Dotsent, Sport ustasi Telefon: +998931680056 Email: sambo@uzdjtsu.uz |
Tangriyev Alisher Jumanazarovich Pedagogika fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. Telefon: +998909920245 Email: tangriyevA@uzdjtsu.uz |
Tursunov Shuxrat Sabitjanovich Pedagogika fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. Telefon: +998981013441 |
Toshnazarov Djasur Yuldashovich Pedagogika fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD), katta o`qituvchi Telefon: +998977519629 Email: kurash@uzdjtsu.uz |
Xolmatov Azizjon Ibraximovich Katta o‘qituvchi, sport ustasi Telefon: +998977127702 Email: xolmatov@uzdjtsu.uz |
Odilov Bahrom Baxtiyorovich Katta o‘qituvchi, Sport ustasi Telefon: +998903144956 Email: bahrom@uzdjtsu.uz |
Fayziyev Bobomurad Karamovich Sambo bo‘yicha uch karra jahon chempioni Telefon: +998994025503 Email: bobomurod@uzdjtsu.uz |
Anarbayev Malik Axmedovich O‘qituvchi Telefon: +998903270442 Email: malik@uzdjtsu.uz |
Korganov Oybek Nuritdinovich O‘qituvchi Telefon: +998975447375 Email: oybek@uzdjtsu.uz |
Djumanov Baxtjan Muxtarovich O‘qituvchi Telefon: +998917759297 Email: sambo@uzdjtsu.uz |
Berdiyev Farxod Ochilovich O‘qituvchi Telefon: +998912535363 Email: berdiyevfarxod503@gmail.com |
Kubitdinov Jamshed Abdurahmanovich O‘qituvchi Telefon: +998994010806 Email:jamshit@uzdjtsu.uz |
Sadullayev Farhod Ali o‘g‘li O‘qituvchi Telefon: +998974801090 Email: farhod@uzdjtsu.uz |
Qodirov Sirojiddin Erkinboyevich O‘qituvchi Telefon: +998901636367 Email: SAmbo@uzdjtsu.uz |
Qayumov Xalillo Mavlon o‘g‘li O‘qituvchi Telefon: +998994897542 Email:xalilovSambo@uzdjtsu.uz |
Usmonova Iroda Zayniddin qizi O‘qituvchi Telefon: +998974470226 Email:iroda@uzdjtsu.uz |
©
Saytdagi materiallardan to`liq yoki qisman foydalanilganda, ushbu resursga havola etilishi shart
© 2022 O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
PROACTIVE MEDIA tomonidan ishlan chiqildi