KAFEDRA TARIXI
Milliy va xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi 1956-yilda O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi tashabbusi bilan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti tarkibida tashkil etilgan. Kafedra turli yillarda o‘z faoliyatini “Milliy va xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati” nomi ostida olib borgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-oktabrdagi PQ-3306-sonli “Kurash milliy sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori, 2018-yil 5-martdagi PF-5368-sonli “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoni hamda sohaga oid boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti nizomidan kelib chiqib, mazkur kafedra ikki mustaqil bo‘linmaga Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati hamda Milliy sport turlari va o‘yinlari nazariyasi uslubiyati kafedrasiga ajratilgan.
Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasiga 2018–2019-o‘quv yili boshidan boshlab dotsent N.A.Tastanov kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi sifatida rahbarlik qilgan. 2019-yil may oyidan Tangriev Alisher Jumanazarovich tanlov asosida ushbu kafedra mudiri lavozimiga tayinlanib, o‘z faoliyatini davom ettirgan. 2020-yil may oyidan 2023-yil yanvar oyigacha kafedraga Arslonov Shuxrat Arslon o‘g‘li rahbarlik qilgan. 2023-yil sentabr oyidan boshlab dzyudo yo‘nalishi kafedra tarkibidan ajralib chiqqan. 2023-yil yanvar oyidan 2024-yil 29-fevralga qadar Adilov Sarvar Qahramonovich Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan. 2024-yil mart oyidan oktabr oyiga qadar kafedraga xorijlik mutaxassis Korobeynikov Georgiy Valerevich rahbarlik qilgan. 2024-yil oktabr oyidan 2025-yil sentabr oyigacha esa mazkur lavozim yana Adilov Sarvar Qahramonovich tomonidan bajarilgan.
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti nizomiga muvofiq, kafedra qayta tuzilib, ikki mustaqil bo‘limga Sport kurashlari nazariyasi va uslubiyati hamda Dzyudo, sambo nazariyasi uslubiyati kafedralariga ajratildi. 2025–2026-o‘quv yili boshidan p.f.d. (DSc), professor Adilov Sarvar Qaxramonovich Sport kurashlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Sport kurashlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasida kunduzgi hamda sirtqi ta’lim shakllarida quyidagi fanlar bo‘yicha o‘quv jarayonlari muntazam ravishda tashkil etilib kelinmoqda: Sport turi bo‘yicha ixtisoslikka kirish, Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida mashg‘ulotlarni tashkil etish, Tanlangan sport turi nazariyasi va uslubiyati, O‘quv-mashq bosqichida mashg‘ulotlarni tashkil etish, Tanlangan sport turida rejalashtirish va hakamlik faoliyati, Sport mahoratini takomillashtirish bosqichida mashg‘ulotlarni tashkillashtirish, Sport turi bo‘yicha ilmiy-uslubiy faoliyat, hamda Oliy sport mahorati bosqichida mashg‘ulotlarni tashkil etish. Mazkur fanlar bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar kafedraning malakali professor-o‘qituvchilari tomonidan belgilangan o‘quv reja va dasturlar asosida olib borilmoqda. Ushbu mashg‘ulotlar sportchilarni tayyorlashning barcha bosqichlarida nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni chuqurlashtirish, shuningdek, zamonaviy sport tayyorgarligi jarayonini ilmiy asosda tashkil etishning samarali uslublarini shakllantirishga yo‘naltirilgan. Bugungi kunga qadar kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 20 dan ortiq darslik va o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy tadqiqotlarda foydalanish uchun 5 ta mualliflik huquqi obyektlari, 50 dan ziyod uslubiy qo‘llanmalar va tavsiyanomalar, shuningdek 120 dan ortiq ilmiy maqolalar hamda tezislar chop etilgan. Kafedra professor-o‘qituvchilarining tayanch ma’lumoti, ilmiy daraja va ilmiy unvonlari, shuningdek ularning ixtisosliklari kafedra yo‘nalishlari bilan to‘liq muvofiqdir. Kafedrada jami 11,5 shtat birligi mavjud bo‘lib, ular quyidagicha taqsimlangan: 1 nafar kafedra mudiri, 3 nafar professor, 5 nafar katta o‘qituvchi va 8 nafar o‘qituvchi. Hozirgi kunda asosiy shtatda 13 nafar pedagog, shuningdek 4 nafar o‘rindosh o‘qituvchi hamda 1 nafar kabinet mudiri faoliyat ko‘rsatmoqda.
Kafedrada quyidagi professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar: professorlar — Z.A.Bakiyev, pedagogika fanlari nomzodi (p.f.n), v.b. professor; Sh.S.Tursunov, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), v.b. professor; N.A. Tastanov, v.b. professor. Katta o‘qituvchilar — X.M.Qayumov, T.R.Anarbayev, I.I.Shagiyev, I.M.Nigmatov, S.R. Ismatullayeva (pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD). O‘qituvchilar — I.Z. Usmonova, A.B.Azizov, D.I. Mansurov, V.O.Temirov, Sh.M. Djumanov, D.F.Karshiyev, S.E.Usmonov, E.S.Gaipov. Kafedra tarkibida, shuningdek, kabinet mudiri D.E. Karimberdiyev faoliyat yuritmoqda. Kafedra Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi jismoniy tarbiya institutlari va akademiyalari, shuningdek turdosh oliy ta’lim muassasalari kafedralari bilan doimiy ilmiy-uslubiy hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Kelajakda kafedraning ilmiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun zamonaviy ilmiy-tibbiy uskuna va jihozlar bilan ta’minlangan ilmiy-tadqiqot laboratoriyasini tashkil etish rejalashtirilgan. Kafedrada 1990-yildan boshlab «Sport faoliyati» yo‘nalishi (yunon-rim kurashi, erkin kurash), 2024–2025-o‘quv yilidan boshlab esa ayollar kurashi ixtisosliklari ochilgan bo‘lib, hozirgi kunda mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha 358 nafar oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlanmoqda.

Kafedrada o‘tiladigan fanlar nomi

PROFESSOR-O`QITUVCHILAR TOMONIDAN NASHR ETILGAN АDABIYOTLAR
1. S.Q.Adilov “O‘quv mashq bosqichida mashg‘ulotlarni tashkil etish” o‘quv qo‘llanma. 2025-yil
2. S.Q.Adilov., S.I.Ismatullayeva., I.Z.Usmonova “Erkin kurash nazariyasi va uslubiyati” Darslik. 2024-yil
3. S.Q.Adilov “Erkin kurashi nazariyasi va uslubiyati” Brayl darslik. 2021-yil
4. S.Q.Adilov “Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida mashg‘ulotlarni tashkil etish Yunon-rim kurashi ” o‘quv qo‘llanma. 2025-yil
5. S.Q.Adilov., O.N.Kurganov., T.R.Anarbayev., I.I.Shagiyev “Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida mashg‘ulotlarni tashkil etish erkin kurash” 2024-yil
6. I.I.Shagiyev “O‘quv mashq bosqichida mashg‘ulotlarni tashkil etish etish erkin kurash” 2025-yil
7. S.Q.Adilov., X.M.Qayumov., A.B.Azizi0]-uov “Erkin kurashi ixtisosligiga kirish” o‘quv qo‘llanma 2025-yil
8. Sh.S.Tursunov “Yunon-rim kurashi nazariyasi va uslubiyati” Darslik 2023-yil
9. Sh.S.Tursunov “Yunon-rim kurashi bo‘yicha mashg‘ulot asoslari” o‘quv qo‘llanma 2017-yil
10. Sh.S.Tursunov “Sport pedagogik mahoratni oshirish Erkin va Yunon-rim kurashi” o‘quv qo‘llanma 2017-yil
11. Sh.S.Tursunov “Yunon-rim kurashi nazariyasi va uslubiyati” o‘quv qo‘llanma 2017-yil
12. Sh.S.Tursunov “Теория и методика видов борьбы” Darslik 2018-yil
13. Sh.S.Tursunov “Теория и методика видов борьбы для 2 курса” o‘quv qo‘llanma 2020-yil
14. Tastanov.N., Bakiyev.Z., Raxmatov.N “Kинематический анализ двигателъных дейcтвий спортсменов
15. N.Tastanov “Yunon-rim kurashi nazariyasi va uslubiyati” o‘quv qo‘llanma 2013-yil
16. N.A.Tastanov “Kurash turlari nazariyasi va uslubiyati” darslik 2017-yil
17. N.A.Tastanov., Sh.S.Tursunov., S.A.Abdullayev., S.Q.Adilov “Sport pedagogic mahoratni oshirish (Erkin va Yunon-rim kurashi) bo‘yicha. o‘quv qo‘llanma 2018-yil
18. N.A.Tastanov “Kurash turlari nazariyasi va uslubiyati” darslik 2015-yil
19. N.A.Tastanov “Yunon-rim kurashi nazariyasi va uslubiyati” o‘quv qo‘llanma 2014-yil
20. N.A.Tastanov., J.N.Abdikulov “Tиповая учебная программа по греко-римской боръбе”
PROFESSOR-O`QITUVCHILAR TOMONIDAN NASHR ETILGAN АDABIYOTLAR



KAFEDRA XODIMLARI MA’LUMOTLARI


Kafedra mudiri: Adilov Sarvar Qaxramonovich
Pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Email: sarvaradilov@gmail.com

Professor, Pedagogika fanlari nomzodi (p.f.n), erkin kurash bo‘yicha sport ustasi.
Bakiyev Zafar Abdishkurovich
Email: zafar.bakiev@gmail.com


Professor, pedagogika fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD).
Tursunov Shuxrat Sabitjanovich.
Email: tursunovshuxrat1983@gmail.com


O‘qituvchi: Azizov Ahror Baxriddinovich
Email: ahror2015bistro@gmail.com

Katta o‘qituvchi: Nigmatov Ibrohim Maxmud o‘g‘li
Email: ibrohimnigmatov@gmail.com

Katta o‘qituvchi: Anarbayev Temur Risbekovich
Email: temuranarbayev93@gmail.com


O‘qituvchi: Usmonova Iroda Zaynidin qizi
Email: kurash@uzdjtsu.uz

Pedagogika fanlari bo‘yich falsafa doktori (PhD)
Katta o‘qituvchi: Ismatullayeva Sangina Ravshan qizi
Email: ismatullayeva98@list.ru


Katta o‘qituvchi: Shagiyev Ildus Ilyasovich
Email:ildussagiev90 @gmail.com

Katta o‘qituvchi: Qayumov Xalilillo Mavlon o‘g‘li
Email:xalilxalilov196


O‘qituvchi: Karimberdiyev Doniyor Erkin o‘g‘li
Email: karimberdiyevdoniyor162@gmail.com