🗣️ Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida talaba-yoşlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oşiriş, mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlar, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar hamda xalqaro miqyosdagi muhim voqealardan xabardorligini kuçaytiriş maqsadida navbatdagi “Ma’rifat darsi” maşğuloti taşkil etildi.
⏩Maşğulotni Sport psixologiyasi, pedagogikasi va tillar kafedrasi dotsenti I.Musayev tomonidan olib borildi.
🇺🇿 Maşğulot davomida Özbekiston Respublikasida amalga oşirilayotgan muhim islohotlar, “Intil” xalqaro til va kasbga öqitiş markazi faoliyati, Özbekiston Prezidentining Markaziy Osiyo yetakçilari bilan Oqtaba jarayoni doirasidagi uçraşuvida ilgari surilgan taşabbuslar hamda mintaqaviy xavfsizlik, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasidagi dolzarb masalalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
🤝 Şuningdek, “Inson manfaatlari yölida raqamli taraqqiyot” tamoyili, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalaniş, yoşlarning zamonaviy bilim va könikmalarini rivojlantiriş, raqamli davrda jaholatga qarşi ma’rifat bilan kuraşiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
💡Maşğulot davomida talaba-yoşlar mavzular yuzasidan özlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda mamlakatimiz va xalqaro maydonda yuz berayotgan muhim jarayonlar böyiça bilim va tasavvurlarini yanada boyitdilar.
📖 Ma’rifat — taraqqiyot poydevori, bilim esa kelajak kafolatidir!