🙌 Bugun Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga Koreya Respublikasining Çungju şahri delegatsiyasi taşrif buyurdi.
🗣️17 nafar vakildan iborat delegatsiya tarkibidan Çungju şahri ma’muriyati va şahar kengaşi rahbarlari, Xalqaro taekkeon federatsiyasi vakillari, soha mutaxassislari hamda tadbirkorlar örin olgan.
⏩Delegatsiyaga Xalqaro taekkeon federatsiyasi prezidenti, Çungju şahri Savdo-sanoat palatasi rahbari Dae-sik Moon boşçilik qilmoqda. Şuningdek, delegatsiya tarkibida Çungju şahri hokimi örinbosari, Madaniyat, sport va turizm boşqarmasi rahbari Ço Su Jeong, şahar kengaşi rahbari örinbosari, Ma’muriy va madaniy qömita raisi Li Du-von hamda şahar kengaşi deputati Baek Seung-dae ham bor.
✔️Taşrifdan közlangan asosiy maqsad Özbekiston va Koreya Respublikasi örtasidagi döstona munosabatlarni yanada mustahkamlaş, hududlararo hamkorlikni rivojlantiriş, madaniy-gumanitar, sport, ta’lim hamda savdo-iqtisodiy sohalarda yangi şeriklik aloqalarini yölga qöyişdan iborat.
🟡Taşrif dasturiga muvofiq, Koreya Respublikasi Çungju şahri delegatsiyasi universitet rektori Raşid Matkarimov tomonidan kutib olindi. Dastlab mehmonlar universitet muzeyi faoliyati bilan tanişdilar. Şundan söng ular uçun milliy sport turlari böyiça körgazmali çiqişlar taşkil etildi. Öz navbatida, Koreya delegatsiyasi vakillari ham taekkeon sport turi böyiça körgazmali çiqişlarini namoyiş etdilar.
🟢Şundan söng universitet rahbariyati hamda Koreya delegatsiyasi iştirokida ikki tomonlama uçraşuv bölib ötdi.
✅Uçraşuv davomida iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalar bilan bir qatorda sport yönalişidagi hamkorlik ham izçil rivojlanib borayotgani alohida ta’kidlandi. Muloqot çoğida sport sohasidagi özaro aloqalarni yanada kengaytiriş, tajriba almaşiş, sport taşkilotlari örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş, şuningdek, taekkeon va özbek milliy kuraşi kabi jang san’atlarini xalqaro miqyosda ommalaştiriş istiqbollari yuzasidan fikr almaşildi.
➡️Uçraşuv yakunida Xalqaro taekkeon federatsiyasi prezidenti, Çungju şahri Savdo-sanoat palatasi rahbari Dae-sik Moonga Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining «Faxriy doktori» unvoni tantanali ravişda topşirildi.