Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida Chirchiq shahar ichki ishlar boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'limi hodimlari tamonidan profilaktik tadbir o'tkazildi.
🌎Tadbir davomida talabalarga internet tarmog‘idan xavfsiz foydalanish, kibermakonda uchraydigan tahdidlar, internet firibgarligi va turli kiberjinoyatlardan himoyalanish usullari haqida tushunchalar berildi.
💻Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, shubhali havolalarga kirmaslik, begona shaxslarga ishonmaslik hamda axborot xavfsizligi qoidalariga rioya etishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
📑Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar o‘rtasida kibermadaniyatni yuksaltirish, ularning huquqiy va raqamli savodxonligini oshirish, internet makonida xavfsiz xulq-atvor ko‘nikmalarini shakllantirish hamda turli huquqbuzarliklarning oldini olishdan iborat.
✔️Bunday profilaktik tadbirlar talabalarning kiberxavfsizlik borasidagi bilimlarini mustahkamlash, ularni internetdan oqilona va mas’uliyat bilan foydalanishga undashda muhim ahamiyat kasb etadi.