Ma'lumki, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Chirchiq shahri va Qibray tumanida joylashgan mahallalar aholisi va yoshlari uchun turli sport to‘garaklari tashkil etilgan.
Ushbu to'garaklarda qatnashayotgan yoshlar soni bugungi kunga kelib allaqachon 1000 nafardan oshib ketgan bo‘lib, ularning soni doimiy oshib bormoqda. E'tiborlisi, to'garak jarayonlari ota-onalar tomonidan ham kuzatilib, o'z farzandlarining sport bilan hamnafas bo'lishi ularni ham quvontirmoqda.
Chirchiq shahri va Qibray tumanining aziz yoshlari siz ham universitetimizga keling va o‘zingiz qiziqqan sport turi bilan shug‘ullaning, bunda sizlarga universitetimizning tajribali murabbiylari tomonidan mashg‘ulotlar olib boriladi.
Yuqorida, futbol, parayengil atletika, boks, yengil atletika to‘garagi faoliyatidan fotolavhalar eʼtiboringizga havola qilinmoqda.