Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
🇺🇿Marosimni universitet rektori Rashid Matkarimov ochib berib, yangi o‘quv yili ostonasida turgan talabalarni samimiy muborakbod etdi.
✅Rektor o‘z tabrigida talabalik — inson hayotidagi eng unutilmas va mas’uliyatli davrlardan biri ekanini ta’kidlab, yoshlarni bilim olishga, izlanishga, sport bilan shug‘ullanishga, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilishga hamda universitet sha’nini munosib himoya qilishga chorladi.
🌟Tantanali marosimda universitetning faxriy ustozlari bilan bir qatorda, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi bo‘lim boshlig‘i Muqum Arziqulov, Pekin-2008 yozgi Olimpiya o‘yinlari kumush medali sovrindori, “O‘zbekiston iftixori” Abdulla Tangriyev, Sidney-2000 Olimpiya o‘yinlari bronza medali sovrindori, “O‘zbekiston iftixori” Rustam Saidov, WBA yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni, “Do‘stlik” ordeni sohibi Isroil Madrimov hamda boshqa taniqli sport yulduzlari ishtirok etdilar.
🏆Mehmonlar talaba-yoshlarni yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan samimiy muborakbod etib, ularga ta’lim va kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, ilmiy izlanishlarida yuksak natijalar hamda sportda yangi zafarlar tiladilar.
🎓Shundan so‘ng universitetning bir guruh professor-o‘qituvchilariga Turon fanlar akademiyasining akademigi faxriy unvonlari hamda ilmiy daraja va ilmiy unvonlar tantanali ravishda topshirildi.
✨Yangi o‘quv yili — yangi bilimlar, yangi marralar va yangi zafarlar sari muhim qadam!