2026-yil 22-may kuni “Sport o‘yinlarida dinamik muvozanatni rivojlantirish texnik-taktik mahoratni oshirishga qaratilgan dolzarb vazifa sifatida” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi.
🗣Mazkur anjumanda sport o‘yinlari, xususan voleybol va basketbol sport turlarida texnik-taktik tayyorgarlikni takomillashtirish, sportchilarning funksional imkoniyatlarini oshirish hamda zamonaviy metodlarni amaliyotga joriy etishga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi.
📖Anjuman davomida quyidagi mavzularda ma’ruzalar tinglandi:
🔹“Bugungi voleybolda gipoksik mashqlarni muntazam qo‘llash, o‘yin natijadorligini oshirish omilidir”
🔹 «Вестибулокинетические упражнения как фактор повышения эффективности подготовки волейболистов»
🔹 «Проблемные вопросы формирования и тренировки команд в волейболе»
🔹 “Bugungi voleybolning tashkiliy muammolari”
🔹 “Bugungi voleybolning o‘ta dolzarb muammolari”
🔹 “Mini voleybol orqali voleybolga tayyorlash mexanizmi tadbiqi”
🔹 «Стратегия и организация баскетбола в регионе»
🔹 «Потенциал баскетбола в Узбекистане»
🤝Tadbir davomida sport o‘yinlarini rivojlantirish, ilmiy yondashuvlarni keng joriy etish hamda trenerlik faoliyatida innovatsion uslublardan samarali foydalanish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.