2026-yil 21-may kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Og‘ir atletika, ot sporti nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tashabbusi bilan og‘ir atletika bo‘yicha Rektor kubogi musobaqasi yuqori saviyada tashkil etildi.
🩺Mazkur musobaqaning asosiy maqsadi talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, og‘ir atletika sport turiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, iqtidorli sportchi-talabalarni aniqlash hamda ularning sport mahoratini yuksaltirishdan iborat bo‘ldi.
⚡️Musobaqalar davomida ishtirokchilar o‘z vazn toifalarida kuch, texnika va irodani namoyon etib, keskin va murosasiz bahslar olib bordilar.
🗣️Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar universitet rahbariyati hamda Sport klubi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Ta’kidlanganidek, bunday sport musobaqalari talaba-yoshlarning jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash, ularni yuksak sport natijalari sari ruhlantirish hamda universitetda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.