2026-yil 22-may kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida taekvondo WT bo‘yicha 17-bor tashkil etilayotgan “Bek Mun Jong” an’anaviy xalqaro turnirining tantanali ochilish marosimi va dastlabki bahslari boshlandi.
🌍Mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekistonning barcha hududlari hamda qo‘shni davlatlardan tashrif buyurgan jami 600 ga yaqin sportchilar g‘oliblik uchun bahs olib borishmoqda.
💠Turnirning birinchi kunida poomse yo‘nalishi hamda kattalar o‘rtasidagi sparring bahslari o‘tkazilmoqda. Musobaqalar yuqori saviyada va murosasiz kurashlar ostida davom etmoqda.
🏆Xalqaro turnir yosh sportchilarning mahoratini oshirish, tajriba almashish hamda mamlakatlar o‘rtasida sport do‘stligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
➡️Eslatib o‘tamiz, “Bek Mun Jong” xalqaro turniri 2026-yil 24-may sanasiga qadar davom etadi.