2026-yil 15-aprel kuni aynan ushbu mavzuda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Qishki va murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
💬O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor E.Raxmanov
tomonidan ochib berilgan ushbu konferensiyada Sport vazirligi, assotsiatsiya, federatsiya, Oliy sport mahorati maktabi, klub murabbiylari oflayn va onlayn tarzda, shuningdek, professor-o‘qituvchilar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, talabalar hamda onlayn tarzda Xalqaro oliy ta'lim muassasalarining taniqli olimlari, murabbiylari ishtirok etdi.
📈Anjuman davomida mutaxassislar tomonidan yosh sledj-xokkeychilarning funksional tayyorgarligi, sun’iy intellekt asosidagi fitnes-texnologiyalar singari mavzularda qilingan ma’ruzalar barchaning diqqat markazida bo‘ldi.
☑️Yakunda eng yaxshi taqdimot egalariga sertifikatlar topshirildi.
🔶Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mazkur xalqaro konferensiya nafaqat ishtirokchilarning yuksak ilmiy salohiyatini namoyish etish maydoniga aylandi, balki murabbiylar, metodistlar hamda sport soha vakillari o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan muhim platforma sifatida ham ahamiyat kasb etdi. Konferensiya doirasida ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar sport sohasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
💠Bu esa o‘z navbatida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining xalqaro miqyosda raqobatbardosh sportchilarni tayyorlaydigan ilg‘or ilmiy-metodik markaz sifatidagi nufuzini yanada mustahkamlashga zamin yaratmoqda.