💬Avval xabar berganimizdek, (https://t.me/uzdjtsu_rasmiy/38205) O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov xizmat safari bilan Nukus shahrida bo‘lib turibdi.
📝 Bugun Payshanba – Yoshlar kuni munosabati bilan filial talabalari bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuv tashkil etildi.
🎓“Rektor va yoshlar” uchrashuvi yoshlarni ilm-fanga keng jalb etish, sportga qiziqishini oshirish, ularning qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi. Shuningdek, yoshlarning taklif va muammolarini tinglash hamda ularni hal etish masalalari muhokama qilindi.
🔅 Uchrashuv davomida rektor tomonidan:
🟢yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar;
🟢sport infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi islohotlar;
🟢sportchilarni xalqaro musobaqalarga tayyorlash;
🟢xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan akademik mobillik;
🟢magistratura bosqichida ta’lim olish imkoniyatlari;
🟢bitiruvchilarning bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
🔺 Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga rektor tomonidan batafsil javoblar oldilar.
✔️ Mazkur uchrashuv yoshlar bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, ularning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.