Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Yangi O‘zbekistonni birgalikda barpo etamiz” shiori ostida an’anaviy “Talabalar bahori” festivali hamda uning doirasida “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!” shiori ostida bahor va yangilanish ayyomi – Navro‘z bayram sayli keng nishonlandi.
🎊Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri o‘rinbosari Sh. Maxmudov, O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari Erkin Qodirov, universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, faxriy ustozlar, xalqaro tajribaga ega mutaxassislar, shuningdek, Turkiya, Bangladesh, Qirg‘iziston va Germaniya kabi davlatlardan tashrif buyurgan 20 ga yaqin xorijiy mehmonlar, taniqli san’at ustalari, sport federatsiyalari vakillari, ishchi-xodimlar hamda talabalar faol ishtirok etdilar.
🟡Tadbir davomida universitetda uzoq yillar samarali va fidokorona mehnat qilib kelayotgan bir guruh ishchi-xizmatchilar, turli tanlov va musobaqalarda g‘olib hamda sovrindor bo‘lgan sportchi-talabalar tantanali ravishda taqdirlandi. Shuningdek, ezgu niyatlar va samimiy duolar ila tayyorlangan sumalak bayram ishtirokchilariga ulashildi.
🟣Ko‘tarinki ruhda o‘tgan festivalda milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi kuy-qo‘shiqlar, laparlar ijro etildi, sport o‘yinlari tashkil qilinib, ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar baxsh etdi. Ayniqsa, kafedralar tomonidan tayyorlangan hududlarimizning urf-odat va an’analarini namoyon etuvchi ko‘rgazmalar, milliy taomlar, osh chempionati, raqslar hamda hunarmandchilik buyumlari namoyishi tadbirga alohida fayz bag‘ishladi.