2026 yil 19 mart kuni Suv sporti turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasida ko‘p yillar davomida samarali mehnat faoliyatini olib borgan, o‘zining boy tajribasi va fidokorona xizmatlari bilan ko‘plab shogirdlarni tarbiyalagan hamda universitet taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan faxriy ustoz Suxova Yelena Rivmirovna holidan kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan xabar olindi.
Uchrashuv davomida ustozning sog‘ligi, kayfiyati bilan qiziqilib, unga samimiy ehtirom va e’tibor izhor etildi. Shu bilan birga, uning ko‘p yillik samarali faoliyati, yosh kadrlarni tayyorlashdagi beqiyos hissasi alohida e’tirof etildi.
Faxriy ustozga mustahkam sog‘lik, uzoq umr va oilaviy xotirjamlik tilab qolamiz.