💬Bugundan boshlab O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida tegishli mas’ullar ishtirokida kafedralarning “Universitetni 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi” doirasida 2026-yil I chorak yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan taqdimotlari boshlandi.
🔘Mazkur taqdimotlar universitet faoliyatini tizimli ravishda tahlil qilish, erishilgan natijalarni sarhisob etish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarni belgilab olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Jarayon davomida har bir kafedraning o‘z yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirgan ishlari batafsil ko‘rib chiqilmoqda.
🎤Dastlabki taqdimot Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasi tomonidan taqdim etildi. Unda kafedraning o‘tgan davr mobaynida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan batafsil hisobot tinglandi.
⏩Taqdimot davomida ilmiy-tadqiqot faoliyati, xalqaro hamkorlik, o‘quv-uslubiy ishlar, talabalar bilan ishlash tizimi, bitiruvchilarni ishga joylashtirish hamda ta’lim sifatini oshirish yo‘nalishlarida erishilgan natijalar atroflicha yoritib berildi. Shuningdek, mavjud muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
✅Taqdimot yakunida bildirilgan fikr va mulohazalar asosida har bir yo‘nalish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar aniqlashtirildi hamda kelgusi davr uchun ustuvor vazifalar va amaliy rejalar belgilab olindi.