📕Joriy yilning 17-mart kuni “Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport” kafedrasi tashabbusi bilan iqtidorli talaba-yoshlar ishtirokida “Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport bo‘yicha dolzarb muammolar va ilmiy yechimlari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
📑Mazkur anjuman iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy salohiyatini rivojlantirish hamda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi dolzarb muammolarni ilmiy asosda muhokama qilish maqsadida o‘tkazildi.
🌎Konferensiya davomida bugungi kunda respublikamizda adaptiv sport turlarining metodologik asoslarini o‘rganish, parasportchilarni sport turlariga tayyorlash mexanizmlari, mavjud tizimdagi muammolar hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlar yuzasidan dolzarb mavzularda ma’ruzalar tinglandi va keng muhokamalar olib borildi.
💠Anjuman yakunida “Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport” kafedrasi mudiri Sh.X. G‘ofurov tomonidan faol va g‘olib ishtirokchilarga tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.