“Futbol nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi tashabbusi bilan futbol sport turi bo‘yicha universitet talabalari o‘rtasida “Talabalar ligasi” musobaqasining universitet bosqichi 28-yanvardan 17-fevralga qadar yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.
🌎Musobaqada 20 ga yaqin jamoa ishtirok etib, bellashuvlar yuksak sport mahorati, jamoaviylik va murosasiz kurashlar ostida kechdi. Har bir uchrashuvda talabalarning futbolga bo‘lgan mehr-muhabbati, g‘alabaga intilishi va haqiqiy sport ruhi yaqqol namoyon bo‘ldi.
🏆Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
🥇-o‘rin — “Futbol nazariyasi va uslubiyati” kafedrasining “LOCHIN” jamoasi
🥈-o‘rin — “Qishki va murakkab sport turlari” kafedrasining “ELIT” jamoasi
🥉-o‘rin — “Futbol nazariyasi va uslubiyati” kafedrasining “YEVRO” jamoasi
💬“Talabalar ligasi” musobaqasi universitet sport hayotida muhim o‘rin egallab, yoshlar o‘rtasida do‘stlik, hamjihatlik va sog‘lom raqobat muhitini mustahkamlashga xizmat qilishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
👏Barcha jamoalarni samimiy tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ularga ulkan zafarlar tilaymiz!