✅Avval xabar berganimizdek, (https://t.me/uzdjtsu_rasmiy/35785) joriy yilning 4–9-fevral kunlari Malayziyaning Pendidikan Sultan Idris universitetida ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, SCOPUS va Web of Science ilmiy-texnik bazalarida indekslanuvchi nufuzli jurnallarda chop etiladigan maqolalar sonini oshirish hamda universitetning xalqaro reytinglardagi o‘rnini mustahkamlash maqsadida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Sh. Gaziyev, Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professori G. Korobeynikov hamda Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i M. Ibragimov xizmat safarida bo‘lib turibdi.
⏩Vakillarimiz xizmat safarining navbatdagi kunida akademik mobillik dasturi doirasida talabalar hamda professor-o'qituvchilar almashinuvi, Scopus jurnallarida hammualliflik asosida ilmiy maqolalar nashr etish, ikki tamonlama hamkorlik doirasida QS world ranking reytingida universitetlar nufuzini yanada oshirib borish masalalari muhokama qilindi.
✔️Shuningdek, vakillarimiz tomonidan Pendidikan Sultan Idris universiteti talabalari va o'qituvchi-hodimlari uchun amaliy dars mashg'ulotlari tashkil etilib, unda o'zini qurolsiz himoya qilish yunon-rum va erkin kurash usullarini qo'llash orqali himoyalanish usullari ko'rsatib o'tildi.
➡️Vakillarimizning xizmat safari davom etmoqda.