Mamlakatimizdagi iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning fevral-may oylarida "MIRZO ULUGʻBEK VORISLARI" Respublika tanlovi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
🗣️Tanlov 16-25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida 3 bosqichda tashkil etilib, g‘oliblar tegishli miqdorda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.
✏️Tanlovda ishtirok etishni istagan yoshlar 2026-yil 15-fevralga qadar quyidagi www.vorislar.uz veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
📞Qo'shimcha ma'lumot uchun telefon: +99894 588 04 22