“Bolalar va yoshlar uchun inson huquqlari ta’limi: gender tenglik, iqlim o‘zgarishi va raqamli inklyuziya” milliy innovatsion tashabbuslar tanlovi e’lon qilinadi
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi hamda hamkor vazirlik va idoralar tomonidan “Bolalar va yoshlar uchun inson huquqlari ta’limi: gender tenglik, iqlim o‘zgarishi va raqamli inklyuziya” milliy innovatsion tashabbuslar tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom ishlab chiqilib, tasdiqlandi.
Mazkur tanlov bolalar va yoshlar o‘rtasida inson huquqlari bo‘yicha bilim va xabardorlikni oshirish, gender tenglik tamoyillarini keng targ‘ib qilish, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq masalalarga e’tiborni kuchaytirish hamda raqamli inklyuziyani rivojlantirishga qaratilgan innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etiladi.
Tanlovda belgilangan talablarga muvofiq, bolalar va yoshlar o‘z innovatsion g‘oyalari, loyihalari va tashabbuslari bilan ishtirok etishlari mumkin.
Tanlov materiallarini qabul qilish muddatlari:
2026-yilda – 15-noyabrga qadar;
2027-yildan boshlab – har yili 1-iyundan 15-noyabrga qadar.
Tanlov 2026-yildan boshlab har yili o‘tkazib boriladi.
Talaba-yoshlarni tanlovda faol ishtirok etishga, o‘z tashabbuslari va innovatsion g‘oyalari bilan inson huquqlari ta’limini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shishga chorlaymiz.
Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish tartibi, ishtirok etish shartlari hamda boshqa batafsil ma’lumotlar bilan tasdiqlangan nizom orqali tanishish mumkin.
Barchangizni tanlovda faol ishtirok etishga taklif etamiz!