2026-yil 16-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida universitet rektori R.Matkarimov hamda O‘zbekiston sumo federatsiyasi raisi K.Usmonov o‘rtasida sumo sport turini ommalashtirish, yuqori malakali mutaxassislar, murabbiylar va sportchilarni tayyorlash, shuningdek ilmiy-uslubiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
➡️Mazkur memorandumning asosiy maqsadi jismoniy tarbiya va sport sohasida, xususan, sumo sport turini tizimli ravishda rivojlantirish, ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqish hamda sumo bo‘yicha yuqori malakali sportchilar, murabbiylar, hakamlar va sport menejerlarini tayyorlash, ularning kasbiy malakasini oshirish yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.
♾Memorandum doirasida tomonlar ta’lim jarayonini zamonaviy yondashuvlar asosida takomillashtirish, ilmiy-amaliy tajriba almashish, qo‘shma tadbirlar va loyihalarni amalga oshirish orqali sumo sportining mamlakatimizda keng rivojlanishiga xizmat qiluvchi samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni maqsad qilgan.
➡️Ma'lumot o‘rnida 2025-yil 17-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida sumo sport turi bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati bahslari bo‘lib o‘tadi.