2025-yil 15-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Madaniyat saroyida Dzyudo, sambo, milliy kurash, gimnastika sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedralari hamda O‘zbek va chet tillari kafedrasi hamkorligida “Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatida tutgan o‘rni” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
📱Mazkur tadbir yoshlar ongida milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash, boy tarixiy merosimiz va an’analarimizni keng targ‘ib etish, shuningdek, talabalarning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini yuksaltirish maqsadida o‘tkazildi. Tadbir davomida milliy urf-odatlar, an’analar, sport va ma’naviyat uyg‘unligi, milliy o‘zlikni anglash masalalari yuzasidan mazmunli ma’ruzalar va chiqishlar namoyish etildi.
🔺Shuningdek, talabalar tomonidan milliy kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari hamda badiiy chiqishlar taqdim etilib, tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. Mazkur madaniy-ma’rifiy tadbir yosh avlodni vatanparvarlik, milliy g‘urur va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi.