✔️Boccia sport turi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Dubai–2025” V Para Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Adaptiv jismoniy tarbiya va
parasport kafedrasi katta o‘qituvchisi Tashev Mirzanabi boshchiligidagi talabalari faol ishtirok etib, munosib natijalarga erishdilar. Jumladan, AP 53-23 guruhi talabasi Xayriddinov Nizomiddin hamda AP 54-25 guruhi talabasi Shamsuddinov Akobir musobaqada qatnashib, yuqori sport mahoratini namoyon etdilar.
🩺Xayriddinov Nizomiddin musobaqaning “B” guruhida ishtirok etib, Indoneziya vakili Muhamad Sabni, Xitoy Taybeyi sportchisi Kay-Ming Van hamda Hindistonlik Viyom Bharat bilan bellashdi. Guruh bosqichida barcha raqiblarini mag‘lub etib, 23 ochko bilan eng yuqori natijani qayd etdi va yarim final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
💠Shuningdek, Shamsuddinov Akobir musobaqaning “C” guruhida qatnashib, Saudiya Arabistoni vakili, Janubiy Koreyalik Hayul Kim hamda Qozog‘istonlik Amansha Azamat bilan bahs olib bordi. U 11 ochko bilan o‘z guruhidan yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
➡️Yarim final bosqichida Xayriddinov Nizomiddin Indoneziyalik Muhamad Islomiddin ustidan 6:2 hisobida g‘alaba qozondi hamda Tailandlik Kistana Falafon bilan bo‘lgan bahsda 9:0 hisobida zafar quchib, final bosqichiga yo‘l oldi.
🗣Shamsuddinov Akobir esa yarim finalda Tailandlik Kistana Falafonga 11:0 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqani ushbu bosqichda yakunladi.
🌎Final bahsida Xayriddinov Nizomiddin Saudiya Arabistoni vakiliga qarshi bellashib, 6:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi va musobaqaning kumush medalini qo‘lga kiritdi.
➡️Mazkur natijalar universitet talabalari tomonidan para sport turlarida olib borilayotgan tizimli tayyorgarlik ishlari samarasi bo‘lib, kelgusida xalqaro musobaqalarda yanada yuqori natijalarga erishish uchun mustahkam zamin yaratadi.